Marhuma onam xaqlariga tilovat

Assalomu alaykum! Onam vafot etganlariga 10yildan oshdi, juda yosh edik, xaligacha xaqlariga tilovat tushirish qoidalarini bilmas ekanman, sababi bizga bunday ilmlarni beradigan insonimiz bo‘lmagan, vijdonim ko‘p qiynaydi. Qiz farzandman, boshqa xonadonda kelinman. (Ya’ni dasturxonda erimning topganlaridir, er xonadonida turib, erning topganiga tilovat qilinsa, bormaydi deyishadi). Oz-moz xunarimdan o‘zimning xam tushumim bor. Xullas onam xaqlariga qiz farzand bo‘lib qanday amallar, duolar, tilovatlar qilishim to‘g‘ri? Iltimos yo‘l ko‘rsating. Olindan katta rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har qanday savob ishni qilib savobini onamga bag‘ishladim desangiz bo‘ldi. “Erning xonadonida turib, erning topganiga tilovat qilinsa, bormaydi” degan gap noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:41 | Savol-javoblar | 165 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar