Hijob odoblari

Assalomu alaykum! Alloh qalbimga solib hijob o‘rashlikni niyat qildim. Turmush o‘rtog‘im ham bunga qarshi emas. Ammo qishloqda yashayman. Uyimizda mol bor. Sog‘ishda va tozalash jarayonlarida ko‘p holatlarda behosdan kiyimimga siydik tegib qoladi. Yoki kiyimlarimga molning hidi o‘rnashib qoladi. Shunday holatda qanday yo‘l tutishim kerak. Men nopok bo‘lib qolamanmi? Tahoratim buziladimi? Bu holat hijob odoblarida qanchalik ahamiyatli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mol boqish va sog‘ishingizning hijobingizga zarari yo‘q. Agar begonalarning ko‘zi tushmaydigan, hovlida yuradigan holat bo‘lsa engilroq ramol o‘rab olishingiz ham mumkin. Ilojini qilib molga qarash uchun alohida ustki kiyim kiyib oling. Shunda molning siydigi yoki najosati tegsa ham, echib qo‘yib pok kiyimingizda namoz o‘qiyverasiz. Siydik tegishi bilan tahorat buzilmaydi. Badaningizga tegsa yuvib tashlab namoz o‘qiyverasiz. Agar namoz o‘qiydigan kiyimigizga tegsa va piyolaning orqasidan katta bo‘lsa, yuvishingiz shart bo‘ladi. Bunda uch marta yuvib, har safar suv tommaydigan bo‘lgunicha siqib tashlaysiz. Nomahramlarning ko‘zi tushadigan bo‘lsa, avratingizni to‘sib yurishingiz kerak. Hijob deganda mahsus kiyim nazarda tutilmaydi. Avratni epib turadigan, shaffof bo‘lib odamningi ichi ko‘rinmaydigan va tor bo‘lib jasadi bilinib turmaydigan kiyib bo‘lsa kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar