Injil kitobiga munosabat
Assalomu alaykum! Men injil haqida berilgan savolni o‘qigan edim. Mening xam bir yaqin insonimning uyida injil kitobini ko‘rganman. U insondan bu haqida so‘raganimda rus millatiga mansub dugonasi sovg‘a qilganligini aytdi. Injil xam Alloh yuborgan kitoblardan biri, shuning uchun xam tashlab yuborolmayman dedi. Agar uyda injil kitobini saqlash mumkin bo‘lmasa, u kitob uchun qanday yo‘l tutish lozim? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo har bir davr va insonlarga qarab yangi payg‘ambar yuborgan va yangi shariat va yangi kitob nozil qilgan. Oxirgi kitob o‘zlaridan avvalgi kitoblarni ham payg‘ambarlarning shariatini ham bekor qilgan. Buni yahudiy ham nasroniy ham tan oladi. Ularning kitoblarida ham oxirgi zamon payg‘ambari kelishi va unga ham kitob nozil qilinishi aytilgan. Hatto o‘sha payg‘ambarning ismi Ahmad, Muhammad bo‘lishi ham aytilingan. Buni to‘g‘ri qabul qilgan yahudiy, nasroniy dinidagilar eshitiboq iymon keltirishgan va musulmon bo‘lishgan. Ularning olimlaridan so‘ralganida “Men u payg‘ambarni o‘z o‘g‘limdan ham yaxshi taniyman” deganlar. “Nega o‘g‘lingizdan ham yaxshi tanishingiz mumkin” deyilganda, “Chunki kitoblarda u haqida shu darajada ochiq-oydin va inkor qilib bo‘lmas xabarlar kelgan. Ularning barchasi Muhammad alayhissalomga yuzga-yuz to‘g‘ri keladi. O‘g‘illarimga kelsak ular mendan yoki mendan bo‘lmasligi mumkin” deganlar. Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilgach u zotga Qur’on nozil qildi va undan avvalgi barcha kitoblarning hukmini bekor qildi. Qolaversa dunyoda nechta Tavrot va Injil nusxasi bo‘lsa hech biri bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Szni savolingizga kelsak uni yoqib yuborish kerak, shunda uni behurmatlik qilmagan bo‘ladi. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, u kitoblarga hurmatsizlik qilish mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:43 | Savol-javoblar | 159 | Kitoblar