Qazo va nafl ro‘za

Assalomu alaykum! Hurmatli xayat, Ramazon oyida bir oz betob bo‘lganim uchun 6 kun ro‘za tutolmadim va qazo bo‘ldi. 1). Shuning uchun shavvol oyi ro‘zasi bilan qazo ro‘zam uchun niyatni bir qilib tutsam bo‘ladimi yoki qazosini alohida shavvolning ro‘zasini aloqida tutishim kerakmi? 2). Nafl ro‘za vaqti tushunushimcha saxarlik bomdoddan avval va iftor shomdan keyin shundaymi? 3). Ramazon hayitini nechanchi kunidan boshlab ro‘za tutsa bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Alohida tutganingiz afzal, bir qilib tutsangiz ham bo‘ladi.
2). Ha.
3). Ertasidan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:43 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar