Ahli kitoblar bilan nikoh
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda bir akamiz bilan suxbatda u kishining xozirgi kunda musulmon erkak axli kitob bo‘lgan ayolni o‘z nikoxiga ololmaydi chunki biz xozirda dunyoda yashayotgan axli kitoblarni avalgi avlodlari bilan solishtirolmaymiz ya’ni axli kitob deya olmaymiz dedilar. Men esa bu fikirga qo‘shilmadim va zikr axlidan so‘rang saytining izlash xizmatidan Shayx xazratlarining javobini topdim. Xazrat: «Moida» surasida aytadi:«Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Afiyfa mo‘minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo‘lgan afiyfalar ham, agar iffatli bo‘lgan holingizda, zinokor bo‘lmay va o‘ynash tutmay mahrlarini bersangiz, sizga haloldir. Kim iymonni inkor qilsa, uning amali behuda ketadi va oxiratda u ziyon ko‘ruvchilardan bo‘ladir». 5-oyatni misol qilgan ekanlar. Hozirgi kunda axli ilimlarimizning bu masalada fatvosi o‘zgarganmi yoki mening suxbatdosh akamning gapi noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zgargan, chunki ular nomigagina o‘zlarini nasoro deb ateistlarni aqiydasiga o‘tib olishgan. Bunday holatda ular ahli kitoblikdan chiqishadi. Shuning uchun ularni rostdan nasoroniy yoki ateistligini aniqlab olish kerak. Haqiqiy nasroniyya bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush