Kasalliklar sababi
Assalomu alaykum! Malumki saxobalar xammasi xam doimo to‘qchilikda yashashmaganlar, kam ovqat eyishgan, ozuqalari xozirgidek turli xil bo‘lmagan, yashash sharoitlari solishtirsak biznikidan juda og‘ir bo‘lgan : issiq suv yo‘q, uylari oddiy, o‘zlari non yopib, quduqdan suv tashishgan... Savol : 1. Xozir ko‘pchilik to‘qlikda, 3-4 maxal ovqat, uylar issiq, yordamchi texnikalar bisyor, sharoit ko‘pchilida og‘ir emas, lekin kimmi qarasang kasal, yoshlar xam, xatto yangi tug‘ilgan chaqaloqlar xam. Gemoglobin past, quvvat yo‘q, turli infektsiyalar va hokazi. Nima qilsak bu muammolardan qutilamiz, nega saxobalar kam esa xam katta katta ishlar qilishganu, biz yaxshi esak quvvat ko‘payadi deb topganimizzi ancha qismi eb ichishga ketsa xam natija past. Qachongacha qiynalib topganimizzi dorixona va shifoxonalarga sochamiz. Ularning siri nimada edi yoki bu borada biror qo‘llanma bo‘lsa aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu, eyish va yashashda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilmasligimizdadir. Namoz va ro‘zalarni qanday ado qilishni ta’lim berganlaridek Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomlanish va qaysi taomlarni eyish va qanday yashashni ham kichik elementlarigacha to‘liq ta’limini berganlar. Biz esa u ta’limotlarni qo‘yib bizni hayotimiz va sog‘ligimizga xavf soluvchi ta’limotlarga ergashayapmiz. Tamaki iste’molga oson shaklda sigaret tarzda pachkalangan holga keltirilgach meditsinada sog‘likka eng xatarli narsaga aylandi. Vaholanki bu holga kelmasdan oldin ham bangi kishilar uni iste’mol qilishgan, ammo bu darajada zarar ko‘rishmagan. Xuddi shuningdek ulamolar “Insondagi shakar miqdori me’yorida turishi uchun mevalarni tanavvul qilishdan hosil bo‘lgani o‘zi kifoya qiladi. Undan tashqari iste’mol qilingani zararli. Qonda zaxarni ko‘paytiradi” deyishgan. Oddiy o‘limtik hayvon butun qondagi iflos narsalarni o‘zida olib qolishi va uning go‘shtini iste’mol qilgan inson tinmay kasallikka uchrashini oyat, hadislar va zamonaviy fan bilan isbot qilingan. Afsuski hozirda diyonatsiz insonlar xalqimizga eshak go‘shti, harom o‘lgan mol-qo‘ylarni edirayotganini guvohi bo‘lib turibmiz. Sunnatni mahkam ushlab, Islom ta’limotlariga amal qilganlar yurtida tabiblarga ish bo‘lmagan. Hozir ham unga amal qilayotganlarni qarasangiz 80-90 yoshda ham farzand ko‘rishmoqda. Sunnatga amal qilishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni har bir sunnatlarini mahkam tutish kerak. Bu borada “Hadis va Hayot” kitobining 16-juzi “Taom va sharob”dan o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:19 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar