Namozda Qur’on o‘qish tartibi

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Savolim, namoz o‘qiganda Qur’onni tartib bilan o‘qish kerak deb eshitdim. Bu gap bitta surani tugatmasdan keyingi surani o‘qish mumkin emas deganimi? Ya’ni “Ar-Rohman”ni tugatmasdan “Ixlos” surasini o‘qish mumkinmas deganimi? Yoki birinchi rakatga “Ar-Rohman”ni o‘qisa ikkinchi rakatga shu suradan tepadagi suralardan birini o‘qish kerak deganimi? ( Ya’ni “Ar-Rohman” surasi 55-sura bo‘lsa ikkinchi rakatga 55-suradan tepasini o‘qish kerakmi? Misol uchun 55- “Ar-Rohman” 75- “Qiyomat”) yoki birinchi rakatga 55- “Ar-Rohman” surasini to‘liq o‘qib, so‘ng ikkinchi rakatga 36-yasin surasini to‘liq o‘qisa ham bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Sizdan Alloh rozi bo‘lsin shayx hazratlari.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qur’oni Karimdagi tartib bilan o‘qish kerak. Birinchi rakatga “Ar-Rohman”ni o‘qisa, ikkinchi rakatga shu suradan pastdagi (keyingi) suralardan birini o‘qish kerak degani.

26 May 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar