Shu holda it boqishim mumkinmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin! Avvalo savollarim bilan vaqtingizni olayotganim uchun uzr so‘rayman. It boqilayotgan uyga farishtalar kirolmasligini, hamda dala dashtga it boqish mumkinligini savol-javoblardan bildim, lekin mening holatim bo‘yicha javob topa olmasdan savol yo‘llashga majbur bo‘ldim. Uyimga farishtalar kirishganini his qilish maqsadida 6 dona tovuq sotib olgan edim, lekin bir kecha uyda hech kim yo‘qligida yovvoyi tulki uyimizga kirib hamma tovuqni boshini uzib-o‘ldirib qo‘yib ketibdi. Tulkiligini ertasiga kechda aniq ko‘rganligim uchun aytmoqdaman. Hozirda uyimizga har kuni hatto kunduzlari ham tulki kelib izg‘ib yuribdi. Uyimni uch tomonida ham uylar bor, lekin chap va orqa tomondagi uylarda hech kim yashamaydi. Shuning uchun tulki bemalol hovlimizga kirib hohlagan narsasini ko‘tarib ketmoqda. Bizning mahalla chegara va tog‘li hudud bo‘lganligi sababli ovchilarga ushbu hududlarda tulki va yovvoyi hayvonlarni ovlash mumkin emas ekan. (4 yosh va 1 yosh)li farzandlarim bor. Ularga tulki biror zarar etkazmasligi sababli ishdan erta kelishga majbur bo‘lmoqdaman. Ko‘pchilikni aytishi bo‘yicha tulki itdan qo‘rqar ekan, shuning uchun uyimda it boqishim mumkinmi? Men uzrli hisoblanamanmi, yoki shunday holatda ham it boqishim mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu holatda it boqishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:47 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu holatda it boqishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:47 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar