Hikoya haqida
Assalomu aleykum hurmatli ustozlar! Quyida keltiradigon hikoyani hamkasbim VAQTQADRI degan telegramdagi guruhdan olip menga junatipdi ushbu hikoya haqiqtmi ilimsizlik qilip vaqtinglarni olganim uchun uzur. Ibratli voqea! Sevimli payg‘ambarimiz Muxammad (sollallohu alayhi vasallam) olamdan o‘tganlariga 3 kun bo‘ldi Abubakir r.a. Oyisha onamiz r.a oldilariga keldilar, hol ahvol so‘rab, "Ey qizim Oyisha, Rasulullox (sollallohu alayhi vasallam)ning barcha sunnatlarini menchalik mukammal ado qilgan inson bormi"- dedilar? Xazrati Oyisha onamiz: - "Yo‘q otajon, siz hamma sunnatlarini to‘liq to‘kis ado qildingiz"- dedilar. Xazrati Abu Bakr yana qaytarib: - "Qizim Alloh xaqqi aytgin, barcha sunnatlarini ado qildimmi"- degan edilar Oyisha onamiz roziyalloxu anho yig‘lab yubordilarda va: - "Otajon, Alloh xaqqi deganingiz uchun aytaman. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ning bir sunnati bor edi "Xech kimga aytmang, yo Oyisha"- der edilar. Arab bozoring oldida bir uy bor u erda bir 80 yoshga kirgan tug‘ma ko‘r nogiron, hech kimi yo‘q yaxudiy qariya yashardi. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) har kuni yarim tunda taxajjud namozlarini o‘qib bo‘lgach hamma uyquga ketgan paytida o‘sha yahudiyni uyga borib uni yuvintirib kiyimlarini yuvib ovqatlantirib kelardilar"- dedilar. Buni eshitgan xazrati Abubakir r.a taxajjud namozini o‘qidilarda yaxudiyning uyiga yo‘l oldi. Bordilar, uyga kirar ekanlar 3-4 kundan beri hech kim habar olmagan qariyani ahvoli judayam achinarli holatda edi. Abubakir r.a darrov ishga kirishdilar supurdi, sidirdi, qariyani yuvintirdi, kiyimlarini almashtirdi, ovqatlantirib bo‘lgach, qariyaga: - "Mayli men boray"- deb ketmoqchi bo‘lgan edilar, qariya Abubakir r.a ni qo‘llaridan ushladi va: - "Sen kimsan"- deb so‘radi. Abu Bakr esa: - "Men bir qulman ota. Har doim kelib sizni holingizdan habar olib turgan qulman"- dedilar. Shunda qariya: - "Sen yolg‘on gapiryapsan"- dedi. Abu Bakr: - "Nega unday deysiz?"- dedilar. Qariya: - "Chunki, sen menga qattiq muomalada bo‘lding, yuvintirganda ham, kiyintirganda ham, xatto ovqatlanirganingda ham, 3 kun avvalgi kelgan inson menga juda ehtiyotkorlik bilan qarardi. Cho‘miltirganda ham, kiyintirganda ham, eng asosiysi ovqatimni chaynab chaynib berardi. Uning shunaqanggi hidi bor ediki, u hidni butun Arab diyoridan ham topa olmaysan"- dedilar. Abubakir r.a tinmay yig‘lar edilar. Qariya yana so‘zida davom etib: - "Agar o‘sha odam sen bo‘lsang, nimaga shuncha kun yo‘q bo‘lib ketding yoki sen ham jodugarni to‘riga ilindingmi?"- dedi. Abu Bakr r.a esa: - "Qanaqa jodugarni aytyapsiz ota?"- dedilar. Qariya: - "Eshitmaganmisan, bir Muxammad(alayhissalom) deganini, u qanaqadur Kitobni o‘ziga kelganini va o‘zini payg‘ambarman deb hammani sexirlayaptiyu"- dedi. Shunda Abubakir r.a dod devordilar va: - "Ey ota to‘xtang"- dedilar. -"o‘sha siz aytayotgan insonlarning eng buyugi Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning o‘lganlariga 3 kun bo‘ldi. Aslida siz jodugar degan o‘sha inson shuncha yillar davomida sizning holingizdan habar olib turdilar. Qarang 3 kunda qanaqa holga tushibsiz"- dedilar . Qariya qotib qoldi va - "Unda sen kimsan?"- dedi. - “Men Abubakirman”- dedilar. Qariya xam dod deb yig‘lashni boshladilar va - "Ey Xudo, meni ko‘zimni ko‘r, oyoqlarimni cho‘loq, nogiron qilib yaratganing etmasdan qalbimni xam ko‘r qilgan ekansan"-deb yig‘lardi va "ey Abubakir sen guvox bo‘l Allohni yagonaligiga va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) uning payg‘ambarligiga guvoxlik beraman"- dedida Abubakir r.a ning qo‘lida jon berdi!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu yolg‘on hikoya. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu yolg‘on hikoya. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar