Betob bo‘lgan payitda davolanish

Assalomu alaykum! Men ozgina shamollash va gaymorit kasaligi bilan og‘rib qoldim, duxtirga borsam yuvish kerak dedi. Agar vaqtida yuvdirib tozalanmasa salbiy asoratlar qolar ekan, Ro‘za tutishga quvattim etadi, albatta xamma narsani qarz qilmasdan voxtida ado qilgan yaxshi, shuning uchun so‘ramoqchiman, mana shu uch xolatda ro‘za buziladimi? 1- burunni yuvdirsa, yani burunni bir teshigidan suyuklik yuborilib, ikinchisidan tortib olinadi. 2-dimog‘ni yuvdirsa, yani suyuqlik tomoq orqali nafas yo‘liga yuboriladi va burun orqali chiqib ketadi. 3-yonboshdan ukol olish. Yuqoridagi xolatlarda tomoqdan suyuqlik xalqumga o‘tmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1-2). Ro‘za buziladi.
3). Yonboshdan ukol olish bilan buzilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:47 | Savol-javoblar | 151 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar