Ruxsatsiz o‘qilgan nikoh

Assalomu alaykum! Menga xabar berishlaricha, bir ayol birinchi eri bilan shariy ajrashgan, qonunan emas. So‘ng nikoh o‘qitib boshqa erkak bilan yashayapti. Kelin va kuyov nikoh o‘qitishlari uchun rasman o‘tgan bo‘lishlari shart qilib qo‘yilgan, rasmiy nikoh qog‘ozi bo‘lmasa shariy nikoh o‘qish, nikoh o‘qitish taqiqlangan degan fatvo bor deb eshitgandim. Shunda menda savol paydo bo‘ldi. Agar shunday fatvo berilgan bo‘lsa, ular nikoh o‘qitish shartlarini bajarmagan bo‘ladimi? Agar shartlar bajarilmagan bo‘lsa nikoh haqiqiy bo‘lmay qolishi mumkinmi? Agar nikoh haqiqiy bo‘lmasa, ular zino qilayotgan bo‘lib chiqadiku... Savolim, ularning nikohi qanchalik haqiqiy bo‘ladi? Ular zino qilmayaptimi? Birovning rasmiy nikohidagi ayol bilan shariy nikoh o‘qitib yashash durustmi o‘zi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Taloq qilingan ayol iddasi chiqqandan keyin boshqasi bilan nikohlanishi joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:47 | Savol-javoblar | 187 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar