Sharan joizmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizlarga yo‘llayotgan savollarimizga berayotgan javoblaringiz uchun sizlarga Alloh O‘zi kuch quvvat berib va ikki dunyo saodatiga musharraf aylasin. Sizlarga beradigan savolim quyidagicha o‘zim sportning futbol turiga qiziqaman. Shu sababli o‘z jamoamiz ham bor. Yaqinda bir turnirda qatnashdik. Unga ko‘ra har bir jamoa 200.000 so‘mdan o‘rtaga pul tashlandi g‘olib bo‘lgan jamoaga 1-o‘ringa 2.000.000, 2-o‘ringa 1.000.000 va 3-o‘ringa 500.000 so‘m va yaxshi tartibli jamoaga 200.000 so‘m berildi. To‘plangan pullarni hisoblaganda barchasi o‘zim tomondan berilgan pullar. Yana boshqa vaziyatlarda ya’ni musobaqa tashkilotchilari tomonidan uyushtirilgan pul bermasdan yakunda g‘olib jamoa uchun ajratilgan pul mukofoti yana ko‘plab sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shu musobaqalarda o‘ynashimizga sharan mone’lik yo‘qmi? Shu ikki vaziyatda gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat. Alloh sizlarga madadkor bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchi vaziyatda gunohkor bo‘lib qolasizlar. Chunki bu qimorning ayni o‘zidir. Kimdir alohida o‘zi tarafidan mukofot tiksa joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchi vaziyatda gunohkor bo‘lib qolasizlar. Chunki bu qimorning ayni o‘zidir. Kimdir alohida o‘zi tarafidan mukofot tiksa joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat