Rossiyadamiz, fitrni kimga beramiz
Assalomu alaykum! Rossiyada yashaymiz. 2 farzandim bor. Fitr pulini qancha va kimga beramiz? Atrofimizda boshqa dindagi kishilar. Uch kishilik fitr haqqiga qancha beriladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! SADAQAI FITRالْفِطْرَةُ مِنْ بُرٍّ وَمَا يُتَّخَذُ مِنْهُ، وَمِنْ زَبِيبٍ نِصْفُ صَاعٍ، وَمِنْ تَمْرٍ أَوْ شَعِيرٍ صَاعٌ، وَجَازَ مَنَوَانِ بُرًّا Sadaqai fitr bug‘doydan, undan olinadigan narsalardan va mayizdan yarim so‘ beriladi. Xurmo yoki arpadan bir so‘ beriladi. Bug‘doydan ikki mun bersa ham bo‘ladi.
«Fitr sadaqasi» va «fitr zakoti» hamda «sadaqa» va «zakot» so‘zlari bir-birining o‘rniga ishlatilaveradi.
Hanafiy mazhabida sadaqai fitr vojib hisoblanadi. U sadaqa Ramazondan fitr(og‘iz ochiqligi)ga chiqish munosabati ila berilgani uchun ham «fitr sadaqasi» nomini olgan.
Sadaqai fitr hijriy ikkinchi sanada joriy qilingan. Boshqa sadaqalar moldan qilinsa, bu sadaqa kishi boshidan qilinadi.
Fitr sadaqasi shariatga kiritilishiga quyidagi oyat va hadislar dalildir. ("Kifoya" kitobidan).
Fuqaholarimiz yarim so‘ bug‘doyni tahminan 3.600gr cha deb belgilashgan. Shuni qiymatini zakotga qodir bo‘lmagan musulmonga bersangiz bo‘ladi. O‘zbekistondagi yaqinlaringizga aytib musulmonlarga berdirib qo‘ysangiz ham bo‘ladi. Shunda sizga o‘sha pulni berish qarz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 131 | Zakot