Xalol rizq
Assalomu alaykum! Koreyada studentman. Koreya qonunlari bo‘yicha studentlarga ishlash mumkin emas. Lekin biz ishlab O‘zbekistondagi axli oilamiz taminotini qilishimiz kerak. Bunga koreys ish beruvchilari xam rozi. Ya’ni ish beruvchi va ishchi(biz) o‘rtasidagi rozilik bilan ishlab pul topamiz. Faqat bunga qonun qarshi. Koreyadagi o‘zbek talabalarning 99% i shunday ishlaydi. Shu ish faoliyatidan topgan pulimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz bo‘lib yurgan yurt qonunlarini buzishingiz durust emas. Buzsangiz ularga bergan ahdingizga xilof qilgan bo‘lib, shu jihatdan gunohkorga aylanasiz. Ishlab topadigan pulingiz bu bilan haromga aylanmaydi. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 276 | Moliya va tijorat