Og‘iz ochar vaqtidan oldin bilmasdan turib

Assalomu alaykum! Men bugun bozorda yurgan edim, to‘satdan telefonimdagi soatga qaradim, 18:37 edi. Va o‘zim bilmagan holatda og‘iz ochish duosini o‘qib, bir chekkaga o‘tib suv ichib yuboribman. Shundan so‘ng bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng telefonim eslatmasi chalinib og‘iz ochar vaqti yaqinlashayotganligini ko‘rsatdi. Men shunda telefon soatiga qaragan edim, soat 19:37 hali bo‘lmagan ekan. Nima qilishni bilmay qoldim, ichim muzlab ketdi. O‘zim istamagan holda albatta. Ro‘zam ochilib ketdimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qazosini tutib bering. Kafforat vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 162 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar