Namoz o‘qishini aytish
Assalomu alaykum! Alloh Taolo rozi bo‘lsin sizlardan. Men men birodarim necha yildan beri namoz o‘qiysiz dedi men shuncha yildan beri deb javob berdim. Alloh asrasin riyo bo‘lish maqsadida aytmadim. Lekin juda afsuslandim aytganimga ibodatlarim habata bo‘lib ketmaydimi endi? Shunday savol bo‘lib qolganda nima deb javob bersam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Habata bo‘lmaydi. Bu sizni niyatingizga bog‘liq. Gohida inson Alloh bergan ne’matni faxrlanishi uchun emas shukr qilish uchun zikr qilishida hech qanday zarar yo‘q. Alloh taolo “Zuho” surasida marhamat qiladi: وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ 11. Va ammo Robbingning bergan ne’mati haqida so‘zlagin.
Alloh taoloning ne’matlari juda ko‘p, sanab, oxiriga etkazib bo‘lmaydi. Lekin doim shukrini keltirib yurish zarur. Shukr esa ne’matni beruvchiga maqtov aytish va ne’matni Alloh taolo ko‘rsatgan yo‘lda sarflash bilan bo‘ladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Ne’matni so‘zlash maqtanish darajasiga o‘tib ketish xavfi bo‘lgani uchun ulamolarimiz niyatini to‘g‘rilab ololmagan inson sukut saqlasin deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar