Islomiy to‘yga qarshilik

Assalomu alaykum! Savolim islomiy to‘y qilish masalasiga bog‘liq. Men yaqinda uylanish arafasida turibman. Ammo kelin bilan bog‘liq muammolar bo‘lib turibdi. Kelin tarafda qiz bazmi degan bazm ham bo‘lishi kerak ekan. Men mayli qiz bazmi bo‘lsa bo‘lsin lekin faqat ayollar bo‘lsin, nomahramlar aralashishi bo‘lmasa bo‘ldi deb tushuntirishga urinsam ham tushuntira olmayapman. Katta to‘y siz istagandek bo‘ladi, qiz bazmi esa men istagandek bo‘ladi deb qo‘ymayapti. Savolim shundaki: 1) Bunday to‘y qilishiga rozi bo‘lsam gunoxkor bo‘lib qolamanmi? 2) Agar gunoxkor bo‘lib qoladigan bo‘lsam, kelinga bu vaziyatda qanday tushuntirishim kerak yoki orani ochiq qilib u qizga uylanmaymi maslaxatlaringizga juda muxtojman? Iltimos savolimga batafsilroq javob bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noshar’iy holatlar bo‘lishiga rozi bo‘lmang, ruxsat bermang. Kelinni yo‘lga sola olishingizga ko‘zingiz etsa unda qizga uylanishingizga monelik yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2023, 20:43 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar