Taom eb duo qilmasa

Assalomu alaykum! Bir inson taom eb duo qilmasa esidan chiqsa yoki esimda bo‘lib turib duo qilmasa taom emas cho‘chqa go‘shtini egandek gunoh bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu darajad emas. Robbisi bergan rizqni shukurini qilmaydi. Duo qilish uchun qo‘lni ko‘tarish shart emas. Alhamdulillah deyish qiyinmi? عَنْ أَبِي أُمَامَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا رَفَعَ مَائِدَتَهُ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ كَثِيرًا طَيِّبًا مُبَارَكًا فِيهِ، غَيْرَ مَكْفِيٍّ، وَلَا مُوَدَّعٍ، وَلَا مُسْتَغْنًى عَنْهُ رَبَّنَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا
وَلِلْبُخَارِيِّ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي كَفَانَا وَأَرْوَانَا غَيْرَ مَكْفِيٍّ وَلَا مَكْفُورٍ.
وَلِمُسْلِمٍ وَالتِّرْمِذِيِّ: إِنَّ اللهَ لَيَرْضَى عَنِ الْعَبْدِ أَنْ يَأْكُلَ الْأَكْلَةَ فَيَحْمَدَهُ عَلَيْهَا أَوْ يَشْرَبَ الشَّرْبَةَ فَيَحْمَدَهُ عَلَيْهَا.
وَلِأَصْحَابِ السُّنَنِ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا فَرَغَ مِنْ طَعَامِهِ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَنَا وَسَقَانَا وَجَعَلَنَا مُسْلِمِينَ.
وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالنَّسَائِيِّ: كَانَ إِذَا أَكَلَ أَوْ شَرِبَ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَ وَسَقَى وَسَوَّغَهُ وَجَعَلَ لَهُ مَخْرَجًا
 Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Qachon dasturxonlari yig‘ishtirilsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Allohga ko‘p, pok, muborak hamd bo‘lsin. Undan o‘zga kifoyachi yo‘q. U tark qilingan ham emas. Undan behojat ham bo‘linmas. Robbimiz», der edilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.
Buxoriyning rivoyatida:
«Bizga kifoya qilgan va bizni qondirgan, Undan o‘zga kifoyachi yo‘q va inkor ham qilinmagan Allohga hamd bo‘lsin», deyilgan.
Muslim va Termiziyning rivoyatida:
«Albatta, Alloh bandasining taomni eb, uning uchun U Zotga hamd aytishidan va sharobni ichib, uning uchun U Zotga hamd aytishidan rozi bo‘lur», deyilgan.
«Sunan» sohiblarining rivoyatida:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon taomlaridan forig‘ bo‘lsalar:
«Bizni edirgan, ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar», deyilgan.
Abu Dovud va Nasaiyning rivoyatida:
«Qachon esalar yoki ichsalar:
«Edirgan, ichirgan uni singdirgan va unga chiqish yo‘li qilgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar», deyilgan.
عَنْ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَكَلَ طَعَامًا فَقَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَنِي هَذَا وَرَزَقَنِيهِ مِنْ غَيْرِ حَوْلٍ مِنِّي وَلَا قُوَّةٍ، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ أَبُو دَاوُدَ Mu’oz ibn Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim taom esa-yu, keyin:
«Shuni mening kuch-quvvatimsiz menga taom qilib, rizq qilib bergan Allohga hamd bo‘lsin» desa, uning avvalgi gunohlari mag‘firat qilingay», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: إِذَا أَكَلَ أَحَدُكُمْ طَعَامًا فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ بَارِكْ لَنَا فِيهِ، وَأَطْعِمْنَا خَيْرًا مِنْهُ، وَإِذَا سُقِيَ لَبَنًا فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ بَارِكْ لَنَا فِيهِ وَزِدْنَا مِنْهُ، فَإِنَّهُ لَيْسَ شَيْءٌ يُجْزِئُ مِنَ الطَّعَامِ وَالشَّرَابِ إِلَّا اللَّبَنُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon birortangiz taom esa, «Allohim! Buni bizga barakali qilib bergin. Bizlarni bundan yaxshisi bilan taomlantirgin», desin.
Qachon sut ichirilsa, «Allohim! Buni bizga barakali qilib bergin. Undan bizga ziyoda qilgin», desin. Chunki birorta taom va sharob sutchalik kifoyali emas»
, dedilar.
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:08 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar