Ro‘zadorga taom tayyorlash

Assalomu alaykum! Men kelinman va uyimizda qaynota, qaynonam, erim va qaynim ro‘za tutishadi. Men tuta olmayman. Oshqozonim og‘riydi, boshim aylanib, mazam qochib yotib qolaman. Ro‘za tutaman deganimda buvijonim “siz ro‘zadorlarga taom tayyorlamasangiz, ularga saharliq iftorlik qilib bermasangiz ular ham tuta olishmaydi. Shuning uchun siznig bu ishingizni o‘zi savob” deydilar. Aytingchi, men ham fitr berishim kerakmi yoki qilayotgan mehnatim, ro‘zadorlarni taomlantirayotganim o‘zi etarlimi? Ro‘zg‘orni, ya’ni masalliqlarni erim olib beradilar. Meni o‘zimda pul yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buvijoningiz noto‘g‘ri aytibdi. Agar ularga taom tayyorlamasdan tutishga qodir bo‘lsangiz tutishingiz farz. Oshqozonni davolating, bu kasalligingiz tuzaladigan bo‘lsa fidya berishingiz mutloq joiz emas. Tuzalgandan keyin qazolarini tutib berasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:58 | Savol-javoblar | 164 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar