Ro‘za aslida bir kun deydigan odam
Assalomu alaykum! Eshitishimcha ro‘za tutish aslida bir kun ekan, lekin odamlar qaysi kunligini bilmasdan ramazon oyini to‘liq tutib berisharkan. Shu gap qanchalik rost? Oyat yoki hadis bilan javob bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu gap Qur’onning oyatiga ochiq-oydin teskari. Gapirganlar tez tavba qilishsin aks holda iymondan chiqib xotinlari bilan yoki erlari bilan nikohlari uzilib qoladi. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ 183. Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvo qilsangiz.
Bu oyati karimani ham Alloh taolo:
«Ey iymon keltirganlar!» deb mo‘minlarga mahbub nido bilan boshlamoqda. Muhim va mashaqqatli ishni taklif qilishdan oldin o‘zi yaxshi ko‘rgan va uning uchun har qanday mashaqqatni ham bo‘yniga olishga tayyor turgan sifatni eslab qilingan nido eshituvchida bo‘lajak ishga g‘ayrat bilan kirishish ruhini uyg‘otadi. Alloh taolo ham musulmonlarga ro‘zaning farzligini amr etishdan oldin ularga:
«Ey iymon keltirganlar!» deb nido qilmoqda.
Oyatning ma’nosidan kelib chiqib, ro‘za yangi ibodat emasligini, balki barcha dinlarda qadimdan bor ibodat ekanini tushunamiz. Chunki unda:
«Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi», – deyilmoqda.
Dinlar tarixini o‘rganib chiqqan ulamolarning ta’kidlashlaricha, barcha dinlarda, hatto ilohiy bo‘lmagan dinlarda ham ro‘za ibodati bor ekan. Lekin uni ado etish turlicha bo‘lgan. Ba’zi dinlarda ma’lum ovqatlardangina o‘zini tiyib yurish ro‘za deb tushuniladi. Misol uchun, nasorolarda hayvondan chiqqan ozuqa mahsulotlaridan o‘zini tiyib yurish ro‘za deyiladi. Ulardagi ro‘zaning muddati qirq kun bo‘ladi. Nasroniylarning turli mazhablarida ro‘za turlicha bo‘ladi.
Islomdagi ro‘za haqiqiy ilohiy ma’noni kasb etgan ibodatdir. Ro‘za arab tilida «savm» deyilib, lug‘atda «o‘zini tiyish» degan ma’noni bildiradi. Shariatda esa Ramazon oyida tong otgandan quyosh botguncha niyat bilan, eyish-ichishdan va shahvoniy amallardan o‘zini tiyib turishga aytiladi. Oyati karimaning so‘ngida Alloh taolo:
«Shoyadki, taqvo qilsangiz», – deb, ro‘zadan ko‘zlangan asosiy maqsadni ham bayon qilib qo‘ymoqda. Demak, ro‘za ham taqvo yo‘llaridan bittasi ekan. Ro‘za tutgan shaxsning qalbida taqvo ruhi uyg‘onishi kerak. Agar kim ro‘za tutsa-yu, qalbida taqvo hissi uyg‘onmasa, u odam haqiqiy ro‘za tutmagan bo‘ladi. Ro‘za havoyi nafsning noo‘rin qo‘zg‘alishlarini yo‘lga solishga, to‘g‘rilashga, shahvatni jilovlashga, qorin talablarini ham izga solishga xizmat qiladi. Ro‘za nafs balosidan qutulib, Allohning toatiga xolis ajrab chiqishga yordam beradi. Kimki iymon va e’tiqod bilan ro‘za tutsa, Alloh taolo o‘sha bandani «taqvo» deb nomlanuvchi ikki dunyo saodatiga eltuvchi baxtga muyassar qiladi.
Bu oyati karimada ro‘za farz qilinganligining xabari keldi. Avvalgi ummatlarda yil bo‘yi, yarim yil ro‘za tutishlar ham bo‘lgani uchun eshituvchida «Ro‘zaning muddati qancha?» degan savol tug‘iladi. Kelasi oyat shu savolga javob beradi: أَيَّامًا مَّعْدُودَاتٍ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ وَعَلَى الَّذِينَ يُطِيقُونَهُ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ فَمَن تَطَوَّعَ خَيْرًا فَهُوَ خَيْرٌ لَّهُ وَأَن تَصُومُواْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ 184. Sanoqli kunlarda. Sizlardan kim bemor yoki safarda bo‘lsa, bas, sanog‘i boshqa kunlardan. Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomicha fidya bordir. Kim yaxshilikni o‘z ixtiyori ila qilsa, bu o‘zi uchun yaxshidir. Agar bilsangiz, ro‘za tutmog‘ingiz siz uchun yaxshidir.
Ya’ni ro‘za farz qilingan kunlar «sanoqli kunlar»dir. Ro‘za tutishning o‘ziga yarasha mashaqqati bor. Shuning uchun Alloh taolo bemorlik va musofirlik tufayli bir oz qiyinchilikda turgan bandalariga mashaqqat ustiga mashaqqat bo‘lmasin deb, engillik berdi:
«Sizlardan kim bemor yoki safarda bo‘lsa, bas, sanog‘i boshqa kunlardan».
Ya’ni bemor tuzalgandan so‘ng, musofir safardan qaytgandan so‘ng necha kunni tutmagan bo‘lsa, o‘shancha kun qazo ro‘za tutadi. Ulamolarimiz bemorlar safiga homilador va emizadigan ayollarni ham qo‘shganlar. Homilador ayol necha kun ro‘za tutmagan bo‘lsa, tuqqanidan keyin shuncha kun qazo ro‘za tutadi. Emizadigan ayol ham bolasini ko‘krakdan ajratganidan so‘ng qazo ro‘za tutadi.
«Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomicha fidya bordir».
Ya’ni yoshlari ulug‘ bo‘lib, ro‘za tutishga yaramay qolgan kishilar tutilmagan har bir kunlik ro‘za o‘rniga bir miskinni to‘ydiradilar. Bu esa o‘zi yashab turgan diyorning o‘rtacha taomi hisobida bo‘ladi. Buni «fidya berish» deyiladi.
Ulamolarimiz ushbu toifaga tuzalmaydigan, surunkali kasali bor kishilarni ham qo‘shganlar. Ularning kasallari ro‘za tutishga qo‘ymaydi. Qazosini tutadi, deyilsa, tuzalishlaridan umid yo‘q.
«Kim yaxshilikni o‘z ixtiyori ila qilsa, bu o‘zi uchun yaxshidir».
Kim savobni ko‘proq olaman, deb bir kishiga emas, ikki-uch kishiga yoki o‘rtacha emas, oliy darajadagi taomlarni bersa, o‘zi uchun yaxshidir.
«Agar bilsangiz, ro‘za tutmog‘ingiz siz uchun yaxshidir».
Boshqa ibodatlar kabi, ro‘za ham, avvalo, bu ibodatni ado etuvchi shaxslarga yaxshilik keltiradi. Jannatga kirish, oliy maqomlarga erishish, irodaning kuchli bo‘lishi, rahm-shafqat sifatining kuchayishi, taqvo hissining uyg‘onishi, sog‘lik va salomatlik hamda boshqa ko‘plab biz bilgan-bilmagan yaxshiliklarga ro‘za tutish orqali erishiladi.
Kelgusi oyatda yuqorida zikr qilingan «sanoqli kunlar»ning vaqti tayin qilinadi va o‘sha vaqtning fazli hamda ro‘zaning boshqa hukmlari bayon etiladi. شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلاَ يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُواْ الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ اللّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 185. Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur’on nozil qilingan. Sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin. Va sizlardan kim bemor yoki safarda bo‘lsa, bas, sanog‘i boshqa kunlardan. Alloh sizlarga osonlikni iroda qiladi va sizlarga qiyinlikni iroda qilmaydi. Sanoqni mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug‘lashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsangiz. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 157 | Ro‘za