Oyatni dalil qilish

Assalomu alaykum! Javob manfaatli bo‘lishini Allohdan so‘rab qolaman! Men Shayx hazratlarining Amallar niyatga bog‘liqdir kitobida kim to‘planib turgan odamlar orasiga kelib "Biz sizlarni jam qildik" (hozir ma’no to‘liq yodimga kelmadi) oyatini aytsa kofir bo‘ladi deb o‘qigan edim. Endi bir savol tug‘ildi menda: men hozir tajvidni o‘rganyapman. Kimdir menga tajvid bilan o‘qishlik borasida savol bersa men Muzammil surasining 4-oyatini dalil qilib keltirsam joizmi? 2. Bir kun institutda o‘qituvchi ko‘pxotinlik haqida tanqid qilib ketdi. Men esa "Adolat qilishdan qo‘rqsangiz bittasi yaxshi" degan oyat bor deb aytdim. Shubhada bo‘lgan bu o‘qituvchim uchun bu Qur’on har jihatdan mukammal ekanligini tushintirmoqchi bo‘ldim. Men to‘g‘ri qildimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tartil qilib tajvid bilan o‘qishga shu oyatni dalil qilinadi. 2). To‘g‘ri gap aytgansiz. Ilmiy tarafdan to‘liq ma’lumot bo‘lmasa va mavzuni mukammal o‘rganmagan bo‘lsangiz shubha bilan diniy masalalarda gap aytmang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 154 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar