Ro‘zadorning g‘usli

Assalomu alaykum! Ro‘zadorning g‘usl qilishi haqidagi savollardan shuni bilib qoldim. Ro‘zador kishiga g‘usl vojib bo‘lsa odatdagidek burni achishguncha suv tortmay va g‘ar-g‘ara ham qilmay, balki oddiy tahoratdagidek engilgina og‘zini va burnini chayirkan. Lekin men buni bilgunimga qadar ro‘zador holimda odatdagidek g‘usl qilardim, ya’ni og‘izni g‘ar g‘ara qilib, burnimga achishguncha suv tortardim, lekin tomoqdan pastga suv tushganini sezmaganman. Shularni inobatga olib o‘sha kungi ro‘zalarim buzilgan hisoblanadimi? Agar buzilgan bo‘lsa kafforati qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘tmagani aniq bo‘lsa qazo ham, kafforat ham lozim emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar