Molni boshiga urib xushsizlatib keyin so‘yish

Assalomu Alaykum! Mol so‘yishda juda ko‘p holatga duch kelaman va bahsli bir savol bo‘lib kelmoqda. Molni so‘yishdan avval uning boshiga "harom magiz deyiladi manimcha" qattiq jism bilan uriladi va mol oyoqlari bo‘shashib yiqiladi, karaxt bo‘lganidanmi bilmadim, undan keyin bemamol so‘yishadi. Bunday so‘yish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom!  Bunday qilish joiz emas. G‘arb mamlakatlarining aksarida hayvonni so‘yishdan oldin uning boshiga otadi (zarba bilan karaxt holatga keltiradi yoki hushini yo‘qotishi uchun gangitib qo‘yiladi). Shunday holatda hayvon qarshilik ko‘rsatmaydi va texnologik jarayonlarni ham sekinlashtirmaydi. Bunday uslub insonparvarlik deya baholanadi. Hayvon o‘limi oldida azob chekmaydi, deb ishoniladi. Biroq, Olmoniyada o‘tkazilgan tadqiqot - musulmonlardan barcha ayblovlarni olib tashlash uchun ajoyib natijalarni ko‘rsatdi.
Olmoniyaning Gannover universiteti Veterinar meditsina maktabida chuqur tadqiqotlar o‘tkazildi. Tadqiqotga o‘zining yordamchisi doktor Xazim birgalikda professor Vilgelm Shults rahbarlik qildi.
Tadqiqot: “Oddiy yo‘l (shokoterapiya) va an’anaviy (sha’riy) uslublar bilan so‘yishda  qo‘y va buzoqlarni azoblanish alomatlarini aniqlash”, deb nomlanadi.
Tadqiqot g‘arb olimlari uchun kutilmagan natijalarni berdi. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, insonparvar va azob bermaydigan uslub - bu islomiy so‘yish uslubi ekan.
Tadqiqotni o‘tkazish uchun olimlar bir nechta elektrodlarni hayvonning bosh suyagiga, miyaning turli joylariga joylashtirib chiqishdi. Oradan bir necha hafta o‘tgach, ba’zi hayvonlar islomiy talablarga ko‘ra so‘yildi, boshqalari esa, Captive Bolt Pistol shokka soluvchi terapiya uslubida so‘yildi. Tadqiqot jarayonida elektroentsefalograf (EEG) va elektrokardiogramma (EKG) so‘yish vaqtida miya va yurak faoliyati holatini qayd qilib bordi. Va quyidagi natijalar olindi. Shokka soluvchi uslub1.    Hayvonga zarba berilgan va u hushidan ketgan holatda esa, zarbadan so‘ng EEG qattiq og‘riq bo‘lganini ko‘rsatdi.2.    Sha’riy yo‘l bilan so‘yilgan hayvondan farqli o‘laroq, bu hayvonlarning yuragi oldin to‘xtab qoldi. Bu esa go‘shtda qon miqdorining saqlanib qolishiga olib keladi va bu go‘sht maxsulotlarining ta’miga ham ta’sir ko‘rsatadi.Tadqiqot g‘arb uslubining shavfqatsiz ekanini ko‘rsatib berganidan tashqari, uning o‘ta zararli ekanini ham ochib berdi. Yana boshqa muammo ham bor: bu qoramollarning quturish kasalligi insonlarga o‘tishiga sabab bo‘ladi.Texas universiteti va Kanada Oziq-ovqat Agentligi inspektsiyasida (Canada‘s Food Inspection Agency) ikkita bir-birga bog‘liq bo‘lmagan tadqiqot o‘tkazildi. Ular pnevmatik deb atalayotgan uslub juda xavfli ekanini aniqlashdi. Miyaga otish natijasida, miya to‘qimalari hayvonning butun tanasiga tarqalib ketar ekan. Qoramolning quturish kasalligi uning bosh va orqa miyasida joylashgani jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.Juda ko‘p rivojlangan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan elektr bilan zarba berish ham xavotirga sabab bo‘lmoqda. 1953 yili AQSh qishloq xo‘jaligi departamenti Chikagoda o‘tkazilgan o‘z tadqiqotlari haqida bayonot bergan. “Cho‘chqalarni elektr zarbi vositasi yordamida karaxt qilish to‘qimalarda azob tufayli kelib chiqadigan ma’lum o‘zgarishlarga olib kelmoqda”.1955 yili Daniya Adliya vazirligi farmoyishi chiqdi, unda: “Elektr bilan zarba berish go‘sht, ichakda qon qolib ketishi, umurtqa buzilishiga, tos va kuraklarni shok holatiga soladi. Go‘shtdagi qon esa, go‘shtning ta’mi va o‘zining tez buzilishiga olib keladi. Go‘sht tuz va qon bilan o‘zaro ta’sir qilsa, so‘yish oldidan hayvonning tomirlari tortishib qoladi. Bu ham go‘sht sifatiga ta’sir ko‘rsatadi”.1954 yili Buyuk Britaniyada bekon sifatiga ta’sir qilgani uchun mazkur uslub taqiqlangan. Elektrdan foydalanish go‘shtning tez sasishiga sabab ekani ham qayd qilingan. Elektrdan so‘ng,  ma’lum bir kislotalarning yuqori darajada yig‘ilishi go‘shtning bakterial xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi...”Agar hayvonning boshiga qattiq zarba berilsa, mushaklarda tez orada qisqarish yuzaga keladi. Bu esa, oziq bo‘ladigan suyuqliklarning chiqib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari yurak to‘satdan to‘xtab qolsa, go‘sht toza bo‘lishi uchun qon chiqishi ham to‘xtaydi”.Islom og‘riqsiz va insonparvarlik uslubidan tashqari salomatlik uchun ham eng xavfsiz bo‘lgan hayvonlarni so‘yish uslubini taklif qilayotgani ko‘rinib turibdi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar