Merosdan qolgan narsalarni ishlatish

Assalomu alaykum! 1.5 yil oldin buvam qazo qilgan edilar. Lekin xech kim, yani dadam ammam va buvim shariatimiz buyrug‘iga amal qilib merosni taqsim qilmadilar. Ular bu ilmga ega emaslar. Men ularga qanday qilish kerakligini tushuntirsam xam ular maslaxatimga amal qilishmaydi, chunki dadam xam ammam xam buvim xam juda boy badavlat yashashadi. 3 oy oldin meni to‘yim bo‘lgan edi. Sarpaga buvamni bir yangi dazmollarini menga berishdi. Boshida meros taqsimlanish kerak ekanligi, esimga kelmabti. Xozir esa o‘sha dazmolni ishlatolmay o‘tiribman. O‘sha dazmol yoki yana boshqa buvamni narsalari menga xalol bo‘lishi uchun uchovlaridan yani buvam dadam va ammamlardan rozilik olsam bo‘ladimi? Buvamdan qolgan kitoblari bor, lekin ularni xech kim o‘qimaydi. Men o‘sha kitoblarni o‘zim bilan olib ketgim keladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Barcha merosxo‘rlarning roziligi bilan olsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 04:20 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar