Ayolim farzand ko‘rmagan edi

Assalomu alaykum! Men bundan 11yil oldin turmush qurgandim, lekin o‘rtamizda farzand bo‘lmadi keyin ayolimga tushintirdim. Yana uylanishimga rozi bo‘ldi. Ikkilamiz ham besh vaqt namoz o‘qiymiz. Men uylandim, sharoitim yaxshi moddiy tarafdan. Lekin mana bunga olti oy bo‘ldi. Uylanganimdan keyin har xil nizolar kelib chiqdi. Ayolim “men qo‘shxotinlikka chidab bilmayman” deb Rossiyaga akalari bilan ketib qoldi. “Yashasang bitta xotin bo‘lsa yashayman, bo‘lmasa chidamayman” deb ketdi. Men unga shu paytgacha hech narsa demaganman yaxshi gaplarni aytib ko‘ngliga qaraganman. Endi u mendan “sendan kutmagandim bunday qilishingni meni aldab kelding”, deb mendan xafa bo‘lib ketdi. “Tavbang qabul bo‘lmaydi ering rozi bo‘lmaguncha” desam ham tushunmayapti. Nima qilishni bilmayapman. Yoshimiz ham 40 ga yaqinlashgan. Ketganiga 15 kun bo‘ldi. “Faqat meni desang qaytaman” deyapti. Nima qilay? Javobni ayolimga jo‘nataman. Shu ishi xatoligini tushinsin .Endi men o‘zimni o‘ylab turganim yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oilani saqlashga harakat qiling. Bunday holatda agar juda bo‘lmasa bir taloq qo‘yib kuzating. Insofga kelib qolsa yana qayta nikohlab olaverasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar