Go‘sht ishlab chiqaradigon ishxonada (myasokombinat) ishlasa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Chet davlatdaman. Bu erda ibodatga xalakit bermaydigan ish topish qiyin bo‘lyapti. Hozirda bir ishga ro‘baro bo‘lyapman. Go‘shtni ishlab chiqaradigan tashkilot (myasokombinat). Bu erda cho‘chka, mol, qo‘y go‘shtlaridan mahsulotlar tayyorlanadi (go‘shtni o‘zi va kolbasa, shu kabi mahsulotlar). 1) Men bu erda o‘sha kombinatga gruzchik bo‘lib ishga kirmoqchiman, bu erda: cho‘chka go‘shtini tashishim mumkin yoki be bismillo so‘yilgan mol, qo‘y go‘shtlari yoki shulardan tayyorlanadigan kolbasa mahsulotlarini ham tashishim mumkin. 2) Teppadagilarni inobatga olgan holda - shu go‘shtlarga qandaydur o‘zgartirish ishlarga qatnashasan, ya’ni chopish, kesish ishlarga xam jalb qilishi mumkin. Shu ishda ishlashim mumkinmi, halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tashuvchi bo‘lishingiz joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar