Ramazoda jinsiy yaqinlikdan keyin uning kafforati

Assalomu alaykum! Saharlikdan keyin bamdodgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida er-xotin jinsiy yaqinlik qilsa ro‘za ochiladimi? Agar ochilgan taqdirda ham uning qazosini tutib berolmasa kafforatini inson qo‘lida ishlaydigan 60dan ziyod ishchisiga doimiy beriladigan ovqatidan yaxshiroq berib to‘ydirsa ham bo‘ladimi? Ham o‘ziga, ham xotini haqqiga kafforat bo‘la oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Saharlik qilish vaqti tugaganidan keyin yaqinlik qilinsa va u ikki tomonning roziligi bilan qilinsa ikki tomonga ham kafforat va qazo lozim bo‘ladi. Agar qaysi biri majburlagan bo‘lsa, majburlagan kafforat va qazo majburlangan esa qazoning o‘zini tutadi. Bu holatda ishchilarga taom berish joiz emas, chunki ishchilar orasida faqir-miskin bo‘lmasligi mumkin. Qishning qisqa kunida bo‘lsa ham ketma-ket 60 kun kafforat tutib berishadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:05 | Savol-javoblar | 139 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar