Fotixa surasi qiroati

Assalomu alaykum! Bolalar Bilan Togga dam olgani bordik. Shom payitdi edi. Dustlarim Bilan jamoa bulib shom namozi ukishni boshladik. Men imomlikka utdim. Chunki dustlarim Ichida kiroati yaxshirogi men Edim. Ichimizda men uchun notanish mexmonlar xam bor edi. Imomlikka utishdan aval, meni tajvidim yaxshimasligi, kimni tajvidi yaxshi bulsa imomlikka utishligini jamoadan va asosan ushbu notanish mexmonlardan suradim. Ular xam imomlikka utkilari kelmadi. Shunda namozni uzim imom bulib ukishni boshladik. Bir Oz vaktdan keyin xufton namozi vakti kirdi. Va boyagi notanish mexmon enimga kelib ,namoz paytida , xususan fotixa kiroatida xatolik yuz berganini aytishdi. Yani ....g‘oyril maQdu be deb kiraot kilibman. Aslida esa ....g‘oyril maG‘du be deb g‘ tovushi aytilishi kerak ekan. Savollar: 1) agar jaoda Eng ilmlisi bulsa, imomlikka utishi mumkunmi eki ilmida shubxasi bor odam umuman imomlikka utmagani makulmi 2) fotixada ushbu kursatilgan maQdu deb talaffuz kilinganda namoz buziladimi, agar buzilgan bulsa kaytadan ukib kuyish kerakmi 3) kachondan beri bunday talaffuz kilaetganimni eslolmayman, boshlanishida Q demas Edim. Bu xolatimda ukib bulgan barcha namozlarimning xukmi kanday? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Namozning farz, vojib va sunnatlarini to‘g‘ri ado qila olsa, qiroati durust bo‘lsa imomlikka o‘tishi joiz.2-3). Ba’zi ulamolarning so‘ziga ko‘ra bunday xato bilan namoz buzilmaydi. Namozlaringizni qayta o‘qimaysiz. Vallohu a’lam!

18 Iyul 2022, 23:00 | Savol-javoblar | 186 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar