Erkak kishi oila boqishi farzi
Assalomu alaykum! Oilada 5 farzandmiz. Adamiz biz bilan yashamaydilar, ba’zi sabablarga ko‘ra. Islomiy tarbiyada katta bo‘lganmiz. 2 akam bor, uylanmaganmiz. Bir akamning yoshi 25, ammo hali ham bir joyda ishlamaydi, oramizda eng ilmlisi shu akam bo‘ladi. “Qachongacha o‘tirasiz bizga yordam bering” desam, “noshukurlik qilma, hammasi sekin-sekin bo‘ladi” deydilar. Necha marta shu mavzuda tortishib qoldik. Yordamlari kerak bo‘lmasa, men bu mavzuni ko‘tarmasdim. Hamma narsaga “Allohni xohlagani bo‘ladi, Alloh shuni xohlabdi” deydi. “Bu narsalarni tushunmaysan” deydilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohning eng muqarrab bandalari ham kasb qilib nafaqani, ahli ayolni harakatida bo‘lganlar. Payg‘ambarlarning hayotlariga nazar solinsa barchalari bir kasbning egasi bo‘lganlar. Alloh taolo bu dunyo ishlarini o‘z sabablariga bog‘lab qo‘ygan. Hatto Maryam onamiz Iyso alayhissalomni dunyoga keltirganlaridan keyin o‘zlariga ozuqa bo‘lishi uchun hurmoni silkitganidan so‘ng Alloh taolo rizqlantirdi. Shuning uchun sababga bog‘lanmasdan hamma narsa Allohdan, Xudo xohlasa bo‘laveradi deb o‘tirish musulmon kishiga xos emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush