Ona sutim
Assalomu alaykum! Mening erim 3 yildan buyon Moskvada ishlaydi. Men 2 nafar farzandim bilan 6 oy oldin ularni yonlariga keldik. Bu vaqt ichida erim meni turli bahonalar bilan urib, so‘kaverdi. Hal gal urganida o‘sha joyimda bir asorat qoladi. Lekin erim davolatmaydi. Eng oxirgi urganda yuzimga bor kuchi bilan mushti bilan urdi. Shunda yuzim shishib, ko‘karib, burnimdan qon kela boshladi. Tibbiy tez yordam chaqiray desam musofir yurtdamiz, erimni javobgarlikka tortishlaridan ham qo‘rqdim. Lekin u bilan ortiq yashay olmasligimni anglab va tezda kechirib yubormasligim uchun "endi sizni er qilsam ona sutim harom bo‘lsin" deya yig‘ladim. Ota-onamga xabar qildim. Ular meni ajratib olishmoqchi. Men esa 2 bolam tirik etim bo‘lishini o‘ylasam..... Aytingchi men erim bilan yashab ketsam ona sutim harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar xohlasangiz eringiz bilan yashashingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar xohlasangiz eringiz bilan yashashingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush