2 ta xotinlikda adolat

Assalomu alaykum! Agar erkak kishi 2 ta oilali bo‘lsa, (1 -ayoli 2 -oilasidan xabardor) er 2-oilasining yoniga kuniga 2 yoki 3 soatgagina borsa, bunga 2-ayoli rozi bo‘lsa er adolat qilgan hisoblanadimi? Qiyomatda er buning uchun jazoga tortilmaydimi? Albatta 2-ayoli bu narsaga tinchlik uchun rozi bo‘lgan bo‘ladi. Agar imkoni bo‘lsa 1 kun u oilasi bilan, 1 kun bu ayoli bilan bo‘lsa, 2-ayoli ham xursand bo‘lgan bo‘lardi. Chunki unda ham farzand bor. Erini farzandiga vaqt ajratishini xohlaydi. Umuman adolat deganda yana nimalarga e’tibor qaratish kerak? 1-ayolidan 4 ta farzandi bor, 2-sida 1 ta. Harajat ham albatta farq qiladi. 1-oilasiga albatta ko‘proq ro‘zg‘or qiladi, 2 -siga kamroq. 2) Shu holatda 1- ayoli eriga adolat qilishida yordam bermagani uchun gunohkor bo‘lmaydimi? Chunki er ko‘p holatda tinchlikni o‘ylab yolg‘on ishlatishga majbur bo‘lyapti. Lekin er ro‘zg‘orni bekamu ko‘st qilib beryapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida er 2-oilasining yoniga kuniga 2 yoki 3 soatgagina borsa, bunga 2-ayoli rozi bo‘lgani uchun er adolat qilgan bo‘ladi. Bu bilan gunohkor bo‘lmaydi. Agar vos kechgan haqqingizni qaytarishni xohlasangiz bu haqqingiz, ammo bunga erishaman deb o‘rtada janjal bo‘lib talog‘ingizni olish xavfi bo‘lsa o‘zingizga havola. Birinchi ayoli eriga yordam bermasa gunohkor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar