Zaif hadismi?
Assalomu alaykum! Internet tarmogida kup shu xadisni uchratganim uchun shu xadis zaif yoki zaifmasligi tugrisida malumot bersangiz yaxshi bolar edi. Oldindan Raxmat) Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: Bir kuni men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) taroveh namozining fazilati haqida so‘radim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bunday javob berdilar: “Kimki taroveh namozini 1 – kecha o‘qisa, Alloh Taolo uning gunohlarini mag‘firat qiladi. Agarda 2 – kecha ham ado etsa, Alloh Taolo ham uning, magar musulmon bo‘lsalar ota – onasining ham gunohlarini kechadi. 3 – kechada ham o‘qisa, farishtalar Arshda “Haqiqatda Pok va Buyuk bo‘lgan Alloh oldingi gunohlaringni avf etsin” deb duo qiladi. Agar 4 – kechada ham o‘qisa – Alloh Taolo unga Tavrot, Injil, Zabur, Qur’onni o‘qigan kishining savobiga teng mukofot beradi. 5 – kechada ham o‘qisa – Alloh Taolo uni Makkadagi Masjidul Xarom, Madinadagi Masjidul Nabaviy va Quddusdagi Masjidul Aqsoda namoz o‘qiganlik barobarida ajr bilan mukofotlaydi. 6 – kechadagisiga esa – Alloh Taolo Baytul Ma’murda (Ka’baning tepasida, samoda nurdan yaratilgan ko‘rinmas joy, u erda farishtalar doimiy tavof qilishadi) tavof qilganga teng savob beradi. Va Baytul Ma’murning har bir toshi va hatto loyi Alloh Taolodan ushbu insonning gunohlarini mag‘firat qilishini so‘raydi. Agar 7 – kechada ham o‘qisa – u Fir’avn va Xomonga qarshi kurashgan Muso payg‘ambar va uning tarafdorlari darajasiga etadi. 8 – kecha uchun – Qodir Alloh unga Ibrohim Payg‘ambar darajasini beradi. 9 – kecha ado qilsa – Alloh Taoloning yaqin quli bo‘lgan insonlarning ibodati bilan tenglashtiriladi. 10 – kechadagisiga esa – Alloh Taolo rizqiga barakot beradi. 11 – kechada ham taroveh namozini o‘qigan kishi – bu dunyoni bola ona qornini tark qilganiday tark etadi. Agarda 12 – kechada ham ado etsa – Mahshar kuni bu inson quyoshday nur sochgan yuz bilan keladi. Agar 13 – kunda ham o‘qisa – barcha ofatlardan omonda bo‘ladi. 14 – kuni o‘qisa – farishtalar bu inson taroveh namozlarini o‘qiganligiga guvohlik berishadi va Qiyomat kuni Alloh Taolo uni mukofotlaydi. 15 – kuni ham ado etsa – uni farishtalar maqtaydi, shu jumladan Arsh va Kursiyning sohiblari ham. Agar 16 – kechada o‘qisa – Alloh Taolo uni Jahannamdan ozod qiladi va unga Jannatni in’om etadi. 17 – kechada ham o‘qisa – Alloh Taolo O‘zining huzurida buyuk darajot beradi. 18 – kechadagi ado qilingani uchun – Alloh Taolo “Ey, Allohning quli! Men sendan va ota – onangdan mamnunman” deb chorlaydi. Agar 19 – kechada ham o‘qisa – Alloh Taolo uning darajasini Firdavs Jannatigacha yuksaltiradi. 20 – kecha o‘qisa – Alloh Taolo unga Shahidlar va siddiqlarning mukofotini beradi. Agarda 21 – kecha ham ado etsa – Alloh Taolo Jannatda unga Nurdan uy barpo etadi. 22 – kecha o‘qisa – bu inson g‘am – qayg‘u va iztiroblardan bexatar bo‘ladi. Agar 23 – kecha ham o‘qisa – Alloh Taolo uning uchun Jannatda shahar quradi. 24 – kecha o‘qisa – bu insonning 24 duosi qabul qilinadi. Agar 25 – kechada ham ado qilsa – Alloh Taolo uni qabr azobidan ozod qiladi. 26 – kechada o‘qisa – Alloh Taolo uning darajasini 40 barobar oshiradi. Agar 27 – kechada ham o‘qisa – Sirot ko‘prigidan yashin tezligida o‘tadi. 28 – kecha o‘qisa – Alloh Taolo uning Jannatdagi darajasini 1000 barobarga yuksaltiradi. 29 – kecha ham ado etsa – Alloh Taolo unga 1000 ta haj qilganlik darajasini beradi. Agarda 30 – kecha ham o‘qisa – Alloh Taolo “Ey, bandam! Jannat mevalaridan e, jannatiy Kavsar daryosidan ich. Men – sening Yaratuvchingman, sen – Mening qulimsan”, – deydi”. (Majma al – Maqsud)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu zaif emas to‘qima hadis. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 150 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu zaif emas to‘qima hadis. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 150 | Hadislar