Qon ketsa

Assalomu alaykum! Vaziyat taqozosi bilan tishimni oldirishga to‘g‘ri keldi. Tabiiyki tish olingach qon ketadi. Qon so‘lagim bilan aralashib og‘zimda turdi. Qonni harom, yutsa ro‘za buziladi deb eshitganman. Qonni har 10-15 daqiqada tupurib turdim. Lekin bu vaqt davomida yutinib turdim. Yutinganimda so‘lak bilan qon ketsa ro‘zam buzilgan bo‘ladimi? Men ketgan ketmaganligini bilmayman. Qazo ro‘za tutishim kerakmi? Keyin og‘zim to‘xtovsiz qonasa ham og‘zimni chaymasdan tahorat olib asr va shom namozlarini o‘qidim. Namozda ovozimni chiqarmay, balki xayolimdan o‘tkazib o‘qidim, sabab og‘zimga so‘lak bilan qon bir necha 10 soniyada to‘lib qoldi. To‘lguncha ovoz chiqarib o‘qidim, to‘lgach xayolda. Namozim to‘kismi yoki qazosini o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Agar g‘olibi gumon ichizga ketgan bo‘lsa bir kun qazo tutib berasiz.
2). Asr va shomni qayta o‘qib oling. Bu kabi holatlarda biror idishni yoniga qo‘yib olib yoki osib olib namoz o‘qish paytida o‘shanga tuflab turib qiroat qilishingiz kerak edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 164 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar