Oshxona ijarasi

Assalomu alaykum! Men oshxonamni (stolovoy) ijaraga bermoqchiman ijarachilar xam tayyor lekin ular oshxonada turli taomlar bilan bir qatorda spirtli ichimliklar xam sotishadi. Ular menga ijara xaqini spirtli ichimliklardan keladigan foydani aralashtirmasdan faqat taomlardan tushadigan foyda evaziga bermoqchi. Men shularga ijaraga bersam bo‘ladimi? Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yo‘q, chunki siz o‘sha ishxonaning bir burchagini o‘sha ishga yordam uchun beorgan hisoblanasiz va gunohiga ham tenma-teng sherik bo‘lasiz. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi:  يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ.... َتَعَاوَنُواْ عَلَى الْبرِّ وَالتَّقْوَى وَلاَ تَعَاوَنُواْ عَلَى الإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ۝ 2. Ey iymon keltirganlar! Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatlidir.
Ushbu oyat quloqqa oddiy bo‘lib eshitilgani bilan azobi og‘ir bo‘ladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar