Chaqaloqga azon chaqirish
Assalomu alaykum ustozlar. 2 kundan keyin men chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqib azon chaqirmoqchi edim. Agar sizlarga malol kelmasa va ko‘p vaqtilarni olmasa men qay tartibda amalga oshirishni aytib, xato kamchiliklarim bo‘lsa to‘g‘rilab olmoqchi edim. Chaqaloq chorshanba kuni tug‘ildi va shu hafta shanba kuni uyga olib kelmoqchimiz. Uyga olib kelib chaqaloqni joynamoz ustiga yotqizaman, o‘zim qibla tomonga yuzlanib chaqaloqning o‘ng qulogiga xuddi namozdan oldin qanday azon aytilsa shunday qilib azon aytaman: Allohu akbar (4marta), ashhadu alla ilaha illAlloh (2marta), ashhadu anna Muhammadar rasullAllah (2marta), hayya alas-solah (2marta), hayya alal-falah (2marta), Allohu akbar (2marta), la ilaha illAllah (1 marta). So‘ngra chaqaloqni aylantirib o‘zimga chap qulog‘ini to‘g‘rilab, so‘ng farz namozlaridan oldin qanday iqomat takbir aytilsa shunday takbir aytaman: Allohu akbar (4marta), ashhadu alla ilaha illAllah (2marta), ashhadu anna Muhammadar rasullAllah (2marta), hayya alas-solah (2marta), hayya alal-falah (2marta), qad qomatas-solah (2marta), Allohu akbar (2marta), la ilaha illAllah (1 marta). So‘ngra o‘ng qulog‘iga uch marta sizning ismingiz Muhammad Abdulloh deb aytaman. Keyin Qur’ondan “Fotiha, Ixlos, Falaq va Nas” suralarini o‘qib, duo qilib qo‘ymoqchiman. Shu amalni shunday tartibda ado etsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ismini aytish va Qur’on suralarini o‘qish hadislarda kelmagan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ismini aytish va Qur’on suralarini o‘qish hadislarda kelmagan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar