Otamga qanday nasihat qilsam bo‘ladi?

Muhtaram hazrat men otam bilan birgalikda Rossiyada ishlayapmiz. Meni otam oilamizni boqaman degan niyatda, balki adashgan holda ko‘ra bila turib, yo‘ldan adashib qolganlar. Men shu holatni ko‘zim bilan ko‘ra bila turib, otamga nasihat qilsam bo‘ladimi? Ammo nasihatimni tushunmaydilar degan gumonim bor, chunki fe’llari og‘ir, jahllari tez chiqadi. Agar tushunmasalar otamga baqirishga, yoki boshqa yo‘li bilan tushuntirishimga haqqim bormi? Axir "men otamni yaxshilikka, to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qilgan bo‘laman" degan fikrdaman. Iltimos shu savolimga javob bersangiz, juda qiyin ahvoldaman. Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yaxshilik bilan tushuntirishga urinib ko‘ring. Iloji bo‘lsa otangizga gapi o‘tadigan katta odamlardan yordam so‘rang.

26 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar