Islomdagi birinchi oqim
Assallomu alaykum ustozlar! O‘zim akademik litseyda tahsil olaman. Bir kuni dinshunoslik darsida ustozimiz “Islomdagi birinchi paydo bo‘lgan oqim qaysi?”, deya guruhga savol berdi. Dinshunoslik darsligida birinchi paydo bo‘lgan oqim xorijiylar deb yozilgan. Lekin Abdulbosit Abdurahimning "E’tiqod durdonalari" kitobida birinchi paydo bo‘lgan oqim shialar deb asoslangan ekan. Unga ko‘ra shialik oqimi xalifa hazrati Usmon (r.a)ning davrlarida boshlangan deyilibdi. Guruhda shu masalada bahs-munozara kuchayib ketdi. Eng maqbul yo‘l sizlardan javob olish deb bildim va ushbu savol bilan murojat qildim. Bu 2 kitobdagi ma’lumotlarning qay biri to‘g‘ri? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Islomdagi birinchi paydo bo‘lgan oqim Xavorijlar (Xorijiylar) hisoblanadi. Usmon roziyallohu anhu davrlaridagi shialik esa oqim sifatida emas, balki ma’no jihatidan yuzaga kelgan. Ya’ni tarafdor ma’nosida bo‘lgan. Shialik oqim, mazhab, yo‘nalish sifatida keyinroq shakllangan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 152 | Siyrat va tarix