Yo‘qolgan telfon
Assalomu alaykum! Men bir odamdan (tanimayman) ishlatilgan telfon sotib oldim. Telni olishimda telfonni karopka dokumentlarini so‘radim, u odam yo‘qotganini aytdi va Xudoni o‘rtaga qo‘shib telfon o‘zinikiligini aytdi va men u odamga ishonib telni sotib oldim. Oradan bir hafta o‘tar o‘tmas uyimga bir bola kelib mendagi telefonni karopka va dokumentlarini ko‘rsatib bu mening telefonim edi men yo‘qotib qo‘ygan edim. Qaytarib berasizmi dedi. Men esa bu telni sotib olganman qanday beraman sizga telfon sizniki bo‘lsa ehtiyot bo‘ling edi telfonga etiborli bo‘ling edi deb u insonga tambeh berdim. Men telfonni u bolaga bermadim, chunki men pulimga olgan edim. Men ham bilmas edim yo‘qotilgan telfon ekanligini. Aziz ustozlar men nima qilayin telfonni o‘z egasiga berayinmi? Telni qaytib bersam meni zararimchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sizga sotgan odamni oldiga boring. Iloji bo‘lsa o‘sha telefonni egasi bo‘lgan bolani ham qo‘shib olib boring. Pulingizni o‘sha odamdan qaytarib olishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:52 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar