Bo‘yniga olish

Assalomu alaykum! "Javobing o‘zing bilan, uchtaloq, qumtaloqsan" desa uchtaloq tushgan bo‘ladimi? “Birontasi bo‘yniga olsa nikoh o‘qisa bo‘ladi”, deb qaynotam men bo‘ynimga olaman deyapti. Nima deyish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aytgan so‘zlarining hammasida taloq tushadi. Oralaringizda uch taloq tushib, qolgan qumning miqdori eringizni bo‘ynida bo‘ladi. Sizlarga javob bergan inson o‘ta darajada ilmsiz ekan. Shariatda gunohni bo‘yniga olish degan narsa mutlaqo yo‘q. O‘sha bo‘ynimga olaman degan odam qiyomat kuni Allohning azobini ko‘rganida Alloh taolo quyidagi oyatda keltirganidek turib oladi. Bo‘yniga olishining taloqqa aloqasi ham yo‘q.  كَمَثَلِ الشَّيْطَانِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَانِ اكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِّنكَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ رَبَّ الْعَالَمِينَ۝ 16. Bu xuddi shayton insonga «Kofir bo‘l», degan paytga o‘xshaydir. U kufr keltirganda esa: «Men senga aloqador emasman, men olamlar Robbi – Allohdan qo‘rqaman», – dedi. (Hashr surasi). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar