Ramazonda qurilishda ishlash

Assalomu alaykum! Biz musofir yurtda qurilish ishda ishlaymiz. Ro‘za tutib, taroveh namozini o‘qigimiz keladi, lekin ishimiz og‘ir. Bizga biror bir maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ramazon insonni jannatdagi ettinchi osmonga ko‘taradigan darajadagi savobli, gunohlarni kul qilib yuboradigan darajada fazilatli oydir. Inson bu oyda milliardlab pul topganida ham  u oyda topadigan baraka va yaxshilikni milliarddan birini ham topolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ramazondan qoldirilgan bir kunning savobini umr bo‘yi nafl ro‘za tutib ham topolmaydi” deganlar. Ishni qisqartirib, ro‘za tutinglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:20 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar