Biroz tushunmadim!

Assalamu alaykum!Ustozlar o‘tgan safar shundan deb savol yo‘llagan edim: “Masjidlarda shom namoziga «azon» aytiladi va uning duosini o‘qishmasdan iqomatni aytib ketishadi. Shu to‘g‘rimi? O‘zim duoni o‘qib qo‘ysam bo‘ladimi? Yana shom namozini o‘qib, «Laa ilaaha illalloh…» kalimasi o‘qiladi, imom qisqa duo qilib beradilar va namoz shu bilan tugaydi. Men shom namozidan so‘ng tasbeh, Qur’on o‘qib keyin tursam bo‘ladimi? Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi?” JAVOB: Va alaykum assalom! Bunda sunnatni tark qilish bor. Agar bu ish odatga aylanadigan bo‘lsa, makruhi taxrimiy bo‘ladi... Deb javob berdilaring. Shu erda biroz tushunmadim. Sunnatni tark qilish deganda, azondan so‘ng uning duosi o‘qilmaganiga aytilmoqdami? Demak, men duoni o‘zim o‘qib qo‘yishim kerakmi? Shuni tushuntirib beringlar?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha. O‘sha masjidda sunnatni tiriltirgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar