“Yashasang yasha yashamasen o‘zing bilasan” deyish

Assalomu alaykum! Erim bilan 4 yildan beri yashaymiz, bu borada erim bilan ko‘p kelishmovchiliklar bo‘ldi. Erim bilan qattiq urishib qolganimizda “yashasang yasha yashamasen o‘zing bilasan” deb aytgandilar. Shunga o‘xshash gaplarni bir necha marotaba gapirganlar. Hozir afsusdalar. Nikohimiz botil emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aytgan “yashasen yasha yashamasen o‘zing bilasan” degan gap bilan yashash yashamaslikka ixtiyor berish hisoblanadi. O‘sha zahotiyoq “men yashamayman” deb yashamaslikni ixtiyor qilsangiz taloq tushadi. Qolgan gaplarni anig‘ini yozing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:21 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar