Kechikkanlar qa’dada salavotni 2 marta aytadimi

Assalomu alaykum! Namozga kelib qo‘shilganimizda oxirgi qa’dada imomning salomini kutamiz. Shunda biz kechikkanlar imomning salomigacha salavotni ham aytamizmi, yoki faqat tahiyyatni aytib, qolganiga jim o‘tirib kifoyalanimizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Attahiyyotni aytib qolganiga jim o‘tiradi. Mabodo salovatlarni aytib yuborsa ham sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 136 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar