Ateist va agnostik bloggerlarni kuzatish
Assalomu alaykum! Blogerlar orasida keng dunyoqarashli, aqlli bir blogerni bir necha blogerlar telegramda tavsiya qilishgan ekan. Kanaliga a’zo bo‘ldim, keyin uni agnostik ekanligini bilib qoldim. Bugungi postida riyo uchun "soliha" bo‘lib olganlar haqida yozib orada o‘zining din agar insonni yomon yo‘llardan qaytarib turadigan yagona barer bo‘ladigan bo‘lsa, dinning bunday foydali tomonini tan olish kerak" deb o‘zining dinga ishonchsizligi, ammo foydali tomonini inkor etmasligini bildiribdi. U shu vaqtgacha din haqida fikrini endi bildirishi postida. Hozirgi o‘zbek blogerlar orasida ham ateist va agnostik blogerlarni (ma’lum sohaga oid yoki dunyoqarashni kengaytiruvchi fikrli kanallar) kuzatmasligimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kuzatish boshqa narsa, undan foydalanish boshqa narsa. Noto‘g‘ri va buzuq e’tiqodlar virusga o‘xshaydi. Yuqib qolganini inson o‘zi sezmay qoladi. Kuzatish uchun doktor bo‘lish kerak. Siz doktormisiz yoki yo‘qmi uni bilmaymiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:21 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar