O‘qishga kirishi uchun olinadigan pul bo‘yicha

Assalomu alaykum! Men matematikadan repititorlik qilaman, karantin vaqtida bolalarni uyda o‘qitib imtihonga tayyorladim. Men ular bilan o‘qishga kirsang rozi qilasan dep aytganman. Hozir ular o‘qishga kirdi, endi oladigan pulini qanday kelishishlikni bilmayapman, shunga maslahatingiz kerak. Boshqa bolalarni o‘qitmasdan ham o‘qishga topshirtirdim, ular ham o‘qishga kirishgan, ulardan ham pul olishim joizmi? Ularga ham rozi qilaslar dep aytgandim. Shunga haqqim bormi pulini aytishlikka? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir inson qiladigan kasb-xunari, tijorati, faoliyati shariatning qaysi turiga kirishini o‘sha ishga kirishishdan avval o‘rganib olishi farzi ayndir. Ya’ni zimmasiga nohoyat darajada qattiq shart. Inson hech bir holatda shariatning qaysidir bir hukmiga tushmasdan ilojisi yo‘q. Masalan siz repetotorlik qilishingiz ijara hukmiga tushib, yollanma ishchi hisoblanasiz. Shariatda hamma fiqhiy kitoblarimizda ijara degan bob bor. Nihoyatda sodda tilda qilishi kerak bo‘lgan va qilmaslik kerak bo‘lgan ishlar batafsil bayon qilingan. Quyida sizga ijarani havola qilamiz. O‘rganing, tushunmaganlaringizni so‘rang. Holatingiz o‘shalardan qaysi birigi tushishini tahqiq qiling. Quyidagi linkda berilgan bo‘limdagi maqolalarni o‘qing. Ularni barchasi ijara haqida. Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/mavzu/25/1

8 May 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar