Riboga hissa qo‘shgan bo‘lmaymanmi?
Assalomu alaykum! «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati ijodkorlari. Ustozimiz Hazratimdan meros bo‘lib qolgan, ushbu «Zikr ahlidan so‘rang» nomli kitob va intrnet sayti xizmati, xalqimiz uchun ilm manbai bo‘lmoqda. Ustozimizdan Allohning O‘zi rozi bo‘lsin va qabrlari nurga to‘lsin. Barchangizga Ramazon oyi barakotli bo‘lsin. Bir savol bilan murojaaat qilmoqchi edim. Men oilada katta o‘g‘ilman, 4 nafar ukam bor, oilalikman, ota-onam bilan katta eshigimizda o‘tiraman. Hozirda boshqa yangi chekka ajrab chiqib yashashga muhtojman, ammo yangi uy olishga moliyaviy ahvolim tang. Shuning uchun hozirda ijaraga uy olib yashashim uchun namunali uylardan kreditga olgan odamalarning uyini ijaraga olaman desam, ular bankdagi kreditimizni oyma oy to‘lab borsangiz, elektr va gaz xaqqini to‘lab tursangiz mayli deyishmoqda. Shuning uchun ularni kreditini miqdoricha pulini men oyma oy ularga yoki bankiga to‘lasam men ularning ribosiga hissa qo‘shgan bo‘lib qolmaymanmi? Javobingiz uchun oldinda minnatdorchilik bildiraman. Rahmat…
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘shgan bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘shgan bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom