Juma kuni masjidda gapirish

Assalomu alaykum! Yonimda namoz o‘qigan bir qo‘shnim namozni o‘qib bo‘lgach bir gapni aytdilar. U kishini aytishlaricha, juma kuni kim masjidga kelib bir og‘iz gap gapirsa, hatto bir yoki bir necha kishiga qarata jim bo‘linglar desa ham o‘qigan namozi "xabata" bo‘lar ekan, "xabata" haqida so‘rasam "bu namoz bekor bo‘ldi degani" degan ma’nodagi gapni gapirdilar. Shu dinimizda bor gapmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imom xutbaga chiqqandan keyin imomga quloq solish kerak. Hech qanday gapni gapirmaslik kerak, hatto oldinga o‘t degan so‘zni ham. Gapirsa namoz ado bo‘ladi, lekin savobi kamayib qoladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:21 | Savol-javoblar | 166 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar