Iymonni saqlash
Assalomu alaykum! Kishi biror katta yoki kichik gunohni, bilib yoki bilmay sodir etsa iymonida noqislik bo‘lishi mumkinmi? Ya’ni iymoni zaiflashib ketishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo "Mutoffifin" surasida marhamat qiladi : كَلَّا بَلْ رَانَ عَلَى قُلُوبِهِم مَّا كَانُوا يَكْسِبُونَ 14. Yo‘q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog‘or bo‘lib o‘rnashib qolgandir. Yo‘q!!! Ular bizning oyatlarimizni «o‘tganlarning afsonasi» deyishdan qaytsinlar. Ish ular aytgandek emas. Ayb Qur’onda emas. Aksincha, ularning qilgan gunohlari tufayli qalblarini mog‘or bosib qolgan. Shu sababli Alloh taoloning oyatlari tilovatini eshitsalar ham qalblari ta’sirlanmaydigan bo‘lib qolgan. Demak, ayb Qur’onda emas, ayb ularning mog‘or bosgan qalblarida. Ha, inson gunoh ishlarni qilaversa, qalbini mog‘or bosib, hech narsa ta’sir qilmaydigan bo‘lib qoladi. Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan bir hadisi sharif vorid bo‘lgan: «Mo‘min kishi gunoh ish qilsa, qalbida bir qora nuqta paydo bo‘ladi. Agar tavba qilib, u gunohdan butunlay qaytsa, istig‘for aytsa, qalbi poklanadi, agar gunohni ziyoda qilsa, qalbidagi qora ham ziyoda bo‘ladi. Mana shu Qur’ondagi «Kallaa bal rona ala quluubihim» deganidir». (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:17 | Savol-javoblar | 151 | Aqiyda