Qay birini tanlay?

Assalomu alaykum! Dinni Shayx rahimahullohning yozgan kitoblari orqali va shu kanal orqali o‘rganib bormoqdaman Alloh rozi bo‘lsin! Ota-onam mendan shubhada, qandaydir tashkilotlarga a’zo yoki qanaqadur bola bilan gaplashadi, uni chizgan chizig‘idan chiqmayapti deb o‘ylashmoqda. Shu paytgacha ko‘p martta dinni asl mohiyatini tushuntirishga urundim hamda har namozimda so‘rayman Alloh ularga hidoyat berishini. Ota-onam tibbiyot institutiga kirishimni xohlashadi, u erda ro‘mol o‘rashga ruxsat yo‘qligi sababli, Hadichai Kubroga kirmoqchiman. Oilamizga diniy bilim etishmaganligi uchun dinni o‘rganmoqchiman. Istihora ham qildim Xadichai Kubroga yo‘l ko‘rsatyapti. Lekin ota-onam qarshi. Men nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Istixora qilishda davom eting. Sizdek dindor doktorlar jamiyatimizga naqadar zarurligini ham unutmang. Agar vrachlikka layoqatingiz bo‘lsa, o‘qing. Bundan bu yog‘iga ro‘molni ham yo‘lini qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 156 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar