Ro‘za tutishimga qarshilik

Assalomu alaykum! Hovlida yolg‘iz kelinman, 2 yoshga to‘lmagan bolam bor. Qaynonam ro‘za tutishimga qarshilar (uy-yumushlarini vaqtida ulgurib qilolmaysiz deb). Bunday vaziyatda nima qilsam ularga to‘g‘ri tushuntira olaman va munosabatimiz yaxshilashadi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ro‘zani tuting, qolganini eringizga ayting. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar